BioWare muxlislari studiyani saqlab qolish uchun Kanadaga murojaat qildi

BioWare muxlislari Kanada parlamentiga petitsiya yo'llab, studiyani Electronic Arts'dan sotib olish uchun mablag' ajratishni so'radi.
BioWare o'yin studiyasining muxlislari jamoani saqlab qolish maqsadida Kanada hukumatidan yordam so'radi. Mamlakat parlamentining rasmiy veb-saytida e'lon qilingan petitsiyada rasmiylardan vaziyatga aralashish va dasturchilarga mustaqillikni tiklashda ko'maklashish talab qilingan. Tashabbus mualliflari hukumatdan BioWare studiyasini Electronic Arts (EA) kompaniyasidan sotib olish hamda uning intellektual mulk huquqlarini qaytarib olish uchun zarur mablag' ajratishni so'ramoqda.
Petitsiya talablari va madaniy ahamiyat
Murojaat mualliflari kanadalik dasturchilarni AQSh va boshqa xorijiy korporatsiyalar ta'siridan himoya qilish zarurligini ta'kidlagan. Ularning fikricha, BioWare mamlakatning eng muhim madaniy boyliklaridan biri hisoblanadi, studiya yaratgan o'yinlar esa Kanadaning salmoqli eksport mahsulotidir.
Petitsiyada qayd etilishicha, jamoa loyihalari butun dunyo bo'ylab o'nlab million nusxada sotilgan. Shuningdek, ushbu o'yinlar inklyuzivlik, bag'rikenglik, demokratiya, adolat va fuqarolik huquqlari kabi qadriyatlarni targ'ib qilishi aytilgan. Mualliflar AQShning EA kompaniyasi tomonidan BioWare yopilishi Kanada madaniy merosi uchun katta yo'qotish bo'lishini bildirgan. Murojaatda Electronic Arts'ning yangi egalari — Saudiya Arabistoni suveren jamg'armasi (PIF) hamda Jared Kushner'ning Affinity Partners investitsiya kompaniyasi ham alohida tilga olingan.

Electronic Arts pozitsiyasi va franshizalar taqdiri
Hozircha bunday talablarning amalga oshishi qanchalik haqiqatga yaqin ekani noma'lum. EA kompaniyasining o'zi BioWare studiyasini tashqi xaridorga sotish yoki xodimlarga uni mustaqil ravishda xarid qilish imkoniyatini berish niyati haqida hech qanday ma'lumot bermagan.
Bundan tashqari, noshirda o'ziga tegishli franshizalar bo'yicha alohida rejalar bo'lishi mumkin. Xususan, studiyaning taqdiri qanday kechishidan qat'i nazar, Mass Effect asosidagi teleserial ustida ishlar hali ham davom etmoqda.
Yana o'qing

Bloober Team rahbari Project H va xorrorlar haqida gapirdi
Bloober Team rahbari Piotr Babieno birinchi Silent Hill remeyki, yangi Project H o'yini hamda studiyaning xorror janridagi maqsadlari haqida gapirdi.

Fransiya kasaba uyushmasi Microsoft'ni Arkane'ni saqlab qolishga chaqirdi
STJV kasaba uyushmasi Microsoft kompaniyasini Arkane Studios faoliyatiga to'sqinlik qilishda ayblab, Marvel's Blade ustidagi ishlarni davom ettirishni so'radi.

Mighty Doom mobil shuteri Android tizimida qayta ishga tushdi
Financial-Plate-7122 taxallusli havaskor dasturchi Mighty Doom mobil shuterining server qismini tiklab, Android uchun Mighty Resurrection talqinini taqdim etdi.

Metroid Prime 2: Echoes o'yini Android uchun chiqarildi
Odrannnn taxallusli dasturchi GameCube konsolidagi klassik Metroid Prime 2: Echoes o'yinini Echoes Unbound porti orqali Android qurilmalarga moslashtirdi.