AMD AM4 protsessorlari savdosi barcha Intel chiplaridan o'zdi

2026-yil oktyabr oyida Amazon US maydonchasida AMD AM4 platformasi uchun protsessorlar barcha Intel chiplaridan qariyb ikki baravar ko'p sotildi.
2026-yil oktyabr oyida Amazon US savdo maydonchasida AMD kompaniyasining o'n yillik AM4 platformasi uchun mo'ljallangan protsessorlari Intel kompaniyasining barcha chiplaridan ko'proq xarid qilindi. Bir oy ichida amerikalik xaridorlar taxminan 13 100 dona AM4 protsessorini sotib olgan bo'lsa, Intel kompaniyasining barcha avlodlarga (LGA 1700, LGA 1851, LGA 1151, LGA 1155 va LGA 1150) mansub protsessorlari savdosi jami 7 000 donaga ham yetmadi.
Umumiy hisobda AMD oktyabr oyida Amazon US orqali 28 200 dona atrofida protsessor sotib, sotilgan qurilmalar soni bo'yicha bozorning 81,27 foizini egalladi. Intel ulushi esa taxminan 6 500 dona chip yoki 18,73 foizni tashkil etdi.
AM5 va AM4 platformalarining bozordagi o'rni
Yangi avlod AM5 chiplari savdosi oktyabrda qariyb 15 100 donaga yetdi va Amazon US maydonchasida sotilgan barcha protsessorlarning 43,52 foizini tashkil qildi. Chiqqaniga deyarli o'n yil bo'lgan AM4 platformasi esa 38 foiz atrofida ulushni saqlab qoldi. Bunday yuqori talabga bir necha avlodga mansub mos protsessorlar tanlovining kengligi sabab bo'lmoqda — foydalanuvchilar ona plata va xotirani almashtirmasdan kompyuterini yangilashi mumkin.

Intel platformalari orasida LGA 1700 yetakchilik qildi: oy davomida ushbu soketga mos taxminan 5 350 dona protsessor sotildi. Ikkinchi o'rindagi LGA 1851 platformasi ko'rsatkichi ancha past bo'lib, atigi 950 donani tashkil etdi.
Oyning eng xaridorgir modellari
Oktyabr oyida eng ko'p sotilgan protsessor AMD Ryzen 7 9800X3D bo'ldi. Xaridorlar ushbu modeldan taxminan 5 000 dona sotib oldi va bu barcha savdolarning 14,41 foiziga teng keldi. Ikkinchi o'rinni qayta chiqarilgan Ryzen 7 5800X3D egalladi.
Intel chiplari orasida eng ommabop model Core i9-14900K (2 000 dona) bo'ldi. Ushbu protsessor narxi qimmatroq bo'lishiga qaramay, Core Ultra 7 270K Plus modeliga nisbatan qariyb ikki baravar ko'p sotildi. Bunga xaridorlarning bir qismi DDR4 xotirani qo'llab-quvvatlovchi LGA 1700 ona platalariga mos keladigan yechimni tanlayotgani sabab bo'lishi mumkin.
Yana o'qing

Microsoft yangi AMD va Intel chiplari nomini oshkor qildi
Microsoft kompaniyasi Windows rivojlanish rejasida navbatdagi AMD Ryzen AI 500 va Intel Core Ultra Series 4 chiplarini hamda kompyuterlar tasnifini ko'rsatdi.

Redmi va Poco'ning yettita smartfoni HyperOS 4 olmaydi
Xiaomi o'zining HyperOS 4 tarqatish rejasini qayta ko'rib chiqdi va avval ro'yxatda bo'lgan yettita Redmi hamda Poco smartfonini undan chiqarib tashladi.

GeForce RTX 50 videokartalari 495 dollargacha qimmatlashmoqda
Noyabr oyida GeForce RTX 50 seriyasidagi videokartalar narxi keskin oshib, yuqori darajadagi modellar 330 dollardan 495 dollargacha qimmatlashmoqda.

xAI ma'lumotlar markazi Boeing dvigatellarida ishlaydi
Elon Musk rahbarligidagi xAI kompaniyasi AQShdagi ma'lumotlar markazini elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun Boeing turbinalaridan foydalanmoqda.