Steam oktyabr statistikasi: eng ommabop videokartalar

Valve kompaniyasi Steam platformasining 2026-yil oktyabr oyidagi eng ommabop videokartalar, protsessorlar va operatsion tizimlari statistikasini e'lon qildi.
Valve kompaniyasi Steam foydalanuvchilari o'rtasida o'tkazilgan an'anaviy oylik so'rovnomaning 2026-yil oktyabr oyi yakunlarini e'lon qildi. Yangi hisobotda geymerlar eng ko'p foydalanayotgan videokartalar, protsessorlar, ekran o'lchamlari, operatsion tizimlar hamda tillar bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan. Oktyabr oyida eng ommabop videokartalar ro'yxatida NVIDIA GeForce RTX 3060 va NVIDIA GeForce RTX 5070 modellari bir xil — 3,78 foiz ko'rsatkich bilan birinchi o'rinni bo'lishib oldi.
Eng ommabop videokartalar
Yetakchi ikkilikdan keyingi o'rinni noutbuklar uchun mo'ljallangan NVIDIA GeForce RTX 4060 Laptop GPU egalladi. Umuman olganda, oktyabr oyida Steam foydalanuvchilari orasida eng ko'p tarqalgan o'nta videokarta ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi:
- NVIDIA GeForce RTX 3060 — 3,78%
- NVIDIA GeForce RTX 5070 — 3,78%
- NVIDIA GeForce RTX 4060 Laptop GPU — 3,60%
- NVIDIA GeForce RTX 4060 — 3,51%
- NVIDIA GeForce RTX 3050 — 3,25%
- NVIDIA GeForce RTX 5060 — 3,15%
- NVIDIA GeForce RTX 5060 Ti — 2,70%
- NVIDIA GeForce RTX 5060 Laptop GPU — 2,68%
- NVIDIA GeForce GTX 1650 — 2,44%
- NVIDIA GeForce RTX 4060 Ti — 2,30%
Protsessorlar, ekran o'lchamlari va operatsion tizimlar
Protsessorlar bozorida Intel o'z ustunligini saqlab qolmoqda: uning ulushi 52,63 foizni, AMD ulushi esa 47,37 foizni tashkil etdi. Chastotalar bo'yicha eng katta guruh 2,3 Ghz dan 2,69 Ghz gacha bo'lgan protsessorlarga to'g'ri keladi (20,75%). Ikkinchi o'rinda 3,3 Ghz dan 3,69 Ghz gacha (12,07%), uchinchi o'rinda esa 2,7 Ghz dan 2,99 Ghz gacha (8,42%) chastotali chiplar joylashgan.
Operatsion tizimlar orasida Windows 93,70 foiz natija bilan mutlaq yetakchi bo'lib qolmoqda. Linux tizimidan foydalanuvchilar 3,95 foizni, OSX ulushi esa 2,35 foizni tashkil qildi. Ekran o'lchamlari bo'yicha geymerlarning yarmidan ko'pi — 50,23 foizi hamon 1920 x 1080 formatini afzal ko'radi. Keyingi o'rinlarda 2560 x 1440 (21,82%) hamda 2560 x 1600 (5,46%) o'lchamlari qayd etilgan.
Platformadagi eng ommabop tillar
Oktyabr oyida Steam foydalanuvchilari orasida ingliz tili ulushi o'sib, 39,04 foizga yetdi. Soddalashtirilgan xitoy tili ulushi esa pasayib, 21,98 foizni tashkil etdi. Shuningdek, eng ko'p ishlatiladigan tillar qatoridan rus tili (10,14%) va ispan tili (4,83%) ham joy olgan.
Yana o'qing

Zotac Intel Core Series 3 chipli uchta mini-PK taqdim etdi
Zotac kompaniyasi Intel Core Series 3 (Wildcat Lake) protsessorlari va passiv sovitish tizimiga ega uchta yangi mini-PK modelini chiqardi.

RTX 50 tanqisligi sabab eski GeForce RTX 30 tavsiya qilindi
Videokarta ishlab chiqaruvchilari RTX 50 zahiralari tugayotgani sababli distribyutorlarga GeForce RTX 30 va Radeon modellariga e'tibor qaratishni maslahat berdi.

Madusan buklanadigan smartfoni videoda namoyish etildi
Shimoliy Koreyaning Madusan brendiga mansub buklanadigan smartfon ilk bor jonli videoda ko'rsatildi va uning texnik xususiyatlari ma'lum bo'ldi.

Honor Win 2 AnTuTu eng foydali flagmanlar reytingida 1-o'rin
AnTuTu 4500 yuandan qimmat flagmanlar orasida narx va unumdorlik nisbati bo'yicha eng foydali smartfonlarni e'lon qildi: ro'yxatda Honor Win 2 yetakchi.