Pechatli platalar taqchil: narxlar 12 barobar oshdi

Sun'iy intellekt sanoatidagi o'sish fonida pechatli platalar va xomashyo narxi 12 barobarga oshib, yetkazib berish muddati 30 oygacha uzaydi.
Sun'iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi global elektronika bozorida yana bir jiddiy tanqislikni keltirib chiqardi. Kompyuterlar, smartfonlar va boshqa kundalik texnika vositalari uchun zarur bo'lgan pechatli platalar taqchil bo'lib qoldi. Ishlab chiqaruvchilar quvvatlar yetishmasligi, buyurtma muddatlari cho'zilishi va narxlarning keskin qimmatlashishidan jiddiy ogohlantirmoqda. Avvalroq sun'iy intellekt sanoati talabi sababli tezkor xotira, videokartalar, qattiq disklar va protsessorlar qimmatlashgan edi. Endi esa shunga o'xshash muammolar nafaqat kompyuter hamda smartfonlarga, balki istalgan iste'mol texnikasiga ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Yetkazib berish muddatlari necha oygacha cho'zildi?
Sanoat vakillarining ma'lum qilishicha, elektronika ishlab chiqaruvchilar pechatli platalarni xarid qilishda katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda. AQShdagi kompyuter ishlab chiqaruvchi kompaniya rahbarining bildirishicha, kelgusi yilda shaxsiy kompyuterlar yetkazib berilishi qisqarishi kutilayotgan paytda ham yetarli zaxira yaratishning imkoni bo'lmayapti. Buning asosiy sababi – zavod quvvatlarini sun'iy intellekt uskunalarini tayyorlovchilar egallamoqda. Ushbu buyurtmachilar butlovchi qismlar uchun ancha yuqori narx to'lashga tayyor. Natijada ayrim turdagi mahsulotlarni yetkazib berish muddatlari ikki barobar uzaygan. Ba'zi buyurtmalarni bajarish muddati esa 30 oygacha cho'zilib, 2028 yilning oxirigacha yetib borishi mumkinligi qayd etildi.
Xomashyo qimmatlashishi va kelajakdagi rejalar
Vaziyatning yanada murakkablashishiga asosiy xomashyo narxining o'sishi sabab bo'lmoqda. Platalarni ishlab chiqarish uchun mis bilan qoplangan laminatlar (CCL) va maxsus shisha tolali materiallar talab etiladi. Tayvanlik kompyuter ishlab chiqaruvchining bildirishicha, iyul oyidan beri CCL qiymati kamida 12 barobarga oshgan. Dunyodagi eng yirik material yetkazib beruvchilardan biri esa allaqachon 2030 yilgacha mo'ljallangan buyurtmalar portfelini shakllantirib bo'lgan. Kompaniya 2028 yilga borib o'z ishlab chiqarish quvvatlarini uch barobar oshirishni rejalashtirmoqda, biroq bu choralar ham mavjud tanqislikni darhol bartaraf eta olmaydi.
Yana o'qing

Intel zavodidagi portlash $600 mln zarar keltirdi
Intel Fab 28 zavodidagi portlash sababli korxona ikki haftaga to'xtatildi va kompaniya ikki chorakda 600 million dollar daromaddan ayriladi.

Starlink uy interneti uchun dinamik narxlarni joriy qilmoqda
SpaceX AQShning ayrim hududlarida Starlink uy interneti uchun mahalliy talab va tarmoq imkoniyatiga qarab o'zgaruvchi dinamik narxlashni sinovdan o'tkazmoqda.

Nvidia o'z dokonidan GeForce RTX 5080'ni olib tashladi
Nvidia rasmiy dokonidan GeForce RTX 5080 videokartasini sotuvdan oldi va hozirda platformadagi eng kuchli modellar qatoriga GeForce RTX 5070 Ti chiqdi.

Honor MagicOS yangilanishi: yangi funksiyalar va qurilmalar
Honor kompaniyasi noyabr oyida boshlanadigan MagicOS operatsion tizimi yangilanishi rejasini va yangi funksiyalar ro'yxatini e'lon qildi.