Telegram bot
O'yin yangiliklari

Xbox kompaniyasi fizik o'yin disklaridan voz kechmaydi

2026-10-18
Xbox kompaniyasi fizik o'yin disklaridan voz kechmaydi

Microsoft e'lon qilgan yangi vakansiya va insayderlarning fikriga ko'ra, kompaniya kelgusida ham fizik formatdagi o'yin relizlarini qo'llab-quvvatlaydi.

So'nggi oylarda o'yin konsollari bozorida diskdagi relizlar taqdiri va kelajagi qizg'in muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Xususan, Sony kompaniyasi o'yinlar uchun fizik disklardan bosqichma-bosqich voz kechish niyatida ekanini e'lon qilgani ko'plab foydalanuvchilarning jiddiy noroziligiga sabab bo'lgandi. Ushbu qaror ortidan internetda turli e'tirozlar hamon davom etmoqda. Shundan so'ng Microsoft avgust oyining oxirida maxsus "Disc-to-Digital" dasturini ishga tushirdi. Ushbu qadam tufayli o'yinchilarning bir qismi Xbox ham raqobatchisi ortidan borib, fizik tashuvchilardan butunlay voz kechadi deb o'ylagan edi.

Vakansiya va yangi reja

Biroq eXtas1s laqabli taniqli bloger va insayder tarmoqda paydo bo'lgan ma'lumotlarga tayanib, ko'pchilik Microsoft'ning harakatlarini noto'g'ri tushunganini bildirdi. Uning fikricha, kompaniya fizik formatdagi o'yin relizlarini kelgusida ham saqlab qolish va hatto uni qayta tiklash niyatida. Bunga dalil sifatida esa yaqinda e'lon qilingan "Xbox Games Supply Strategist" bo'sh ish o'rni ko'rsatildi. Blogerning ta'kidlashicha, agar kompaniya raqamli formatga o'tib, disklardan voz kechganda edi, bunday lavozim uchun mablag' sarflab, mutaxassis qidirilmagan bo'lardi.

Mutaxassis nima ish bilan shug'ullanadi?

E'lon qilingan vakansiya tavsifiga ko'ra, mazkur lavozimni egallagan mutaxassis barcha qo'llab-quvvatlanadigan platformalarda Xbox o'yinlarining fizik nusxalarini chiqarish jarayonini muvofiqlashtirishi lozim. Shuningdek, uning asosiy vazifalariga global miqyosda zaxiralarni taqsimlash strategiyasini ishlab chiqish hamda mahsulotning butun hayotiy sikli davomida uning ijrosini qat'iy nazorat qilish kiradi. Insayderning baholashicha, Sony tomonidan e'lon qilingan cheklovlar va disklardan voz kechish qarori Xbox uchun qulay imkoniyat yaratdi va Microsoft bu imkoniyatdan to'laqonli foydalanishni rejalashtirmoqda.

Yana o'qing

O'yin yangiliklari

Jeff Kaplan yangi loyihasi va Overwatch haqida so'zladi

Blizzard studiyasini tark etganidan so'ng, mashhur geymdirektor Jeff Kaplan hozirda The Legend of California nomli yangi loyiha ustida mehnat qilmoqda.

2026-10-18
O'yin yangiliklari

Timon Smektala Broken Mirror Games nashriyotini boshqaradi

Dying Light ustida 13 yil ishlagan Timon Smektala Broken Mirror Games nashriyot bo'limi bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

2026-10-18
O'yin yangiliklari

Marvel's Spider-Man Remastered Xbox Series X'da ishga tushirildi

Texnologiya ixlosmandi Marvel's Spider-Man Remastered o'yinining kompyuter versiyasini Xbox Series X konsolida ishga tushirishga muvaffaq bo'ldi.

2026-10-18
O'yin yangiliklari

The Sims 2 hamjamiyati sun'iy intellekt modlarini taqiqladi

The Sims 2 o'yini hamjamiyati sifatsiz va xavfli deb topilgan sun'iy intellekt yordamida yaratilgan modifikatsiyalarni taqiqlashga qaror qildi.

2026-10-18