Asus mijozga oq rangdagi ROG Astral RTX 5080 taqdim etdi

Reddit foydalanuvchisi buzilgan RTX 4080 Super o'rniga qora kartani rad etib, Asus'dan oq rangdagi qimmatroq RTX 5080 modelini olishga erishdi.
Asus kompaniyasi kafolat bo'yicha mijozga taqdim etilgan video-karta rangidan kelib chiqqan norozilikdan so'ng, oxir-oqibat yuqori sinvdagi qimmatroq oq modelni bepul yuborishga rozi bo'ldi. Reddit platformasida e'lon qilingan bu holat texnologiya ixlosmandlari o'rtasida katta qiziqish uyg'otdi va olti hafta davom etgan murojaatlardan keyin o'z yechimini topdi.
Buzilgan karta va kutilmagan taklif
TwootyTwoo nikli forum foydalanuvchisining Asus ROG Strix GeForce RTX 4080 Super rusumli video-kartasi buzilib qolgani sababli u servis markaziga murojaat qilishga majbur bo'lgan. Tekshiruv natijalariga ko'ra, qurilmani ta'mirlashning imkoni yo'qligi ma'lum bo'lgan va mutaxassislar unga yangiroq Asus TUF Gaming GeForce RTX 5080 modelini almashtirish sifatida taklif etishgan. Garchi ishlash tezligi bo'yicha bu sezilarli yaxshilanish bo'lsa-da, xaridor yangi qurilmaning tashqi ko'rinishidan qoniqmagan.
Rang va seriya mos kelmasligi
Xaridorning shaxsiy kompyuteri to'liq oq rangdagi qismlardan yig'ilgan bo'lib, korpus ichiga o'rnatiladigan qora rangli video-karta umumiy dizaynni buzib yuborishi aniq edi. Shuningdek, egasi dastlabki buzilgan qurilma yuqori toifadagi ROG seriyasiga tegishli bo'lganini, taqdim etilgan variant esa soddaroq TUF Gaming qatoriga mansubligini ta'kidlagan. Kompaniya mijozning fikrini so'ramasdan aynan shu modelni jo'natgani ham norozilikka sabab bo'lgan.
Olti haftalik muzokaralar yakuni
Tomonlar o'rtasidagi uzoq davom etgan muzokaralar va yozishmalardan so'ng Asus xaridorning talablarini to'liq qanoatlantirishga qaror qildi. Foydalanuvchi ilgari berilgan qora rangli TUF Gaming versiyasini kompaniyaga qaytarib yubordi. Buning evaziga ishlab chiqaruvchi o'z hisobidan zavodda overclock qilingan oq rangdagi ROG Astral GeForce RTX 5080 White OC Edition modelini yetkazib berdi. Yakunda foydalanuvchi yangi qurilmani o'z manziliga olib kelinganini tasdiqladi.
Yana o'qing

Intel Nova Lake protsessorlari Core Ultra 4000 deb ataladi
Intel kompaniyasi yangi avlod Nova Lake protsessorlarini Core Ultra 4000 deb nomlashga qaror qildi va ularning chiqarilish muddatlarini ma'lum qildi.

Altair ALT1350 va ALT1550 chiplariga sun'iy yo'ldosh ulandi
Altair Semiconductor o'zining ALT1350 va ALT1550 platformalariga Iridium NTN Direct sun'iy yo'ldosh aloqasini to'g'ridan-to'g'ri integratsiya qildi.

Xitoyda kelin kuyovga GeForce RTX 5090 sovg'a qildi
Xitoyda bo'lib o'tgan to'yda kelin kuyovga qiymati 12 ming dollardan oshiq Asus ROG Astral GeForce RTX 5090 videokartasini taqdim etgani ijtimoiy tarmoqlarda ommalashdi.

Sony o'yinchi harakatini oldindan aytuvchi patent oldi
Sony kontroller ma'lumotlari asosida o'yinchining harakatini bashorat qilib, kadrlar generatsiyasini tezlashtiruvchi texnologiyani patentladi.