GeForce RTX 5090 qizishini kamaytirish uchun noodatiy usul

Reddit foydalanuvchisi GeForce RTX 5090 videokartasining 12VHPWR ulagichidagi yuklamani kamaytirish uchun ikkita qo'shimcha 8-pinli raz’yom o'rnatdi.
GeForce RTX 5090 videokartasining quvvat tizimini takomillashtirish bo'yicha internetda yangi va noodatiy usul muhokama qilinmoqda. VideoCardz nashrining e'tibor qaratishicha, Reddit forumining DallasGrave laqabli foydalanuvchisi standart 12VHPWR konnektoriga tushadigan yuklamani kamaytirish maqsadida qurilmaga ikkita qo'shimcha 8-pinli PCIe konnektorini payvandlab uladi. Natijada yuqori unumdorlikka ega videokarta quvvatni bir vaqtning o'zida uchta alohida yo'nalish orqali qabul qilish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Ulagichdagi yuklamani taqsimlash prinsipi
Ma'lumki, flagman GeForce RTX 5090 modeli 500 vattdan ortiq quvvat iste'mol qiladi va bu jarayonda quvvat kabellari orqali juda katta tok oqib o'tadi. Agar kontaktlar yetarli darajada zich bo'lmasa yoki yuklama notekis taqsimlansa, ayrim qismlar qizib ketishi xavfi yuzaga keladi. Muallifning tushuntirishicha, qo'shimcha o'rnatilgan ikkita konnektor bevosita plata ichidagi asosiy quvvat kontaktlariga ulangan. Shu bilan birga, zavoddan o'rnatilgan standart 16-pinli kabel ham o'z vazifasini to'liq bajarishda davom etadi.

Amaliy sinov natijalari va xavflar
Modifikatsiya qilingan qurilma taxminan 550 vatt quvvat sarflaydigan rejimda amalda sinovdan o'tkazildi. O'lchov natijalariga ko'ra, alohida o'tkazgichlardagi tok miqdori 3 A atrofida bo'lgan va kabellar harorati bir necha soatlik og'ir yuklamadan keyin ham 40 darajadan past saqlanib qolgan.
Mazkur o'zgarish videokartaning maksimal quvvat iste'molini oshirishga qaratilmagan. Uning asosiy vazifasi mavjud yuklamani ko'proq simlar o'rtasida taqsimlash va standart konnektor kontaktlaridagi qizishni pasaytirishdan iborat. Shuningdek, bu jarayon kuchlanish boshqaruvchisini o'zgartirish yoki dasturiy ta'minotga aralashishni talab etmaydi. Biroq qismlarni bevosita plataga payvandlash talab qilinishi sababli, bunday ishni tajribasiz bajarish qurilmaning ishdan chiqishiga va kafolatning yo'qolishiga olib kelishi mumkin.
Yana o'qing

RTX 5090 quvvat ulagichi erib, kafolat rad etildi
Qiymati 5245 dollarlik Digital Storm Corsa kompyuteridagi GeForce RTX 5090 videokartasining quvvat ulagichi ikki tomonlama erib ketdi.

Samsung Galaxy Z Fold 9 yupqa korpus bilan chiqadi
Samsung kompaniyasi yig'ilgan holatda 7,9 mm va ochilganda 3,9 mm qalinlikka ega bo'ladigan kelgusi Galaxy Z Fold 9 flagmanini tayyorlamoqda.

Amazon'dan Ryzen 7 9850X3D olgan xaridor ikki marta eski Intel oldi
Reddit foydalanuvchisi Amazon orqali yangi protsessor buyurtma qilib, qadoq ichidan eski Intel Core i3 chiqqaniga ikki marta duch keldi.

Windows XP uchun GeForce Pascal drayveri chiqarildi
Entuziast SupraGSX 32-bitli Windows XP operatsion tizimi uchun Pascal avlodiga mansub GeForce videokartalarini qo'llab-quvvatlaydigan drayver yaratdi.