Smartfonlar narxi oshmoqda: xaridorlar rejani o'zgartiradi

Counterpoint Research tahliliga ko'ra, 2026 yil oxiriga kelib smartfonlar narxi 20 foizga oshadi va xaridorlarning aksariyati xaridni kechiktiradi.
Yaqin kelajakda mobil qurilmalar bozorida jiddiy o'zgarishlar yuz berib, smartfonlar narxi sezilarli darajada qimmatlashishi kutilmoqda. Tahliliy kompaniya Counterpoint Research tomonidan e'lon qilingan yillik tadqiqot natijalariga ko'ra, 2026 yilning yakuniga qadar dunyo bo'ylab smartfonlarning o'rtacha narxi 20 foizga oshadi. Shu bilan birga, yangi chiqadigan modellarning yillik qiymati 30 foizgacha yuqorilashi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Mavjud narxlarning o'sishi fonida potensial xaridorlarning 70 foizdan ortig'i o'zlarining xarid rejalarini jiddiy tarzda qayta ko'rib chiqishga majbur bo'lmoqda. Iste'molchilarning bir qismi qurilmani yangilash muddatini ortga surishni yoki boshqa markadagi qurilmalarni tanlashni rejalashtirmoqda. Xususan, yaqin olti oy ichida yangi smartfon sotib olishni rejalashtirayotgan shaxslarning 63 foizi hozirning o'zida narxlarning qimmatlashganini payqagan.
Turli mamlakatlarda xabardorlik darajasi qanday?
Narxlarning o'zgarishini kuzatish darajasi dunyoning turli mintaqalarida turlicha ekanligi ma'lum bo'ldi. Xitoylik iste'molchilar bu masalada eng hushyorlaridan biri bo'lib chiqdi — so'ralganlarning 81 foizi qurilmalar narxi oshganidan xabardor. Germaniyada bu ko'rsatkich 70 foizni tashkil etgan bo'lsa, Hindistonda 66 foizga teng bo'ldi. AQSh hududida esa respondentlarning yarmi, yani 50 foizi narxlar o'zgarganini sezgan.
Xaridorlar qanday yo'l tutishni rejalashtirmoqda?
O'sib borayotgan xarajatlar sharoitida hamma ham qimmatroq qurilmalar uchun ortiqcha pul to'lashga tayyor emas. Tadqiqot ma'lumotlariga ko'ra, faqatgina 44 foiz xaridor tanlangan qurilma uchun byudjetini kengaytirishga rozilik bildirgan. Qolgan iste'molchilar boshqa yo'llarni izlamoqda: 37 foiz foydalanuvchi xaridni keyinga surishni ma'qul ko'rsa, 35 foiz qism belgilangan pul miqdori doirasida muqobil variantlarni tanlashni rejalashtirgan. Shuningdek, xaridorlarning bir qismi narx o'sishini yirik savdo va chegirmalar davrida xarid qilish orqali qoplashga umid qilmoqda.
Yana o'qing

Samsung Galaxy S23 uchun One UI 9.0 yangilanishi chiqdi
Samsung kompaniyasi Galaxy S23 seriyali smartfonlari uchun Android 17 bazasidagi One UI 9.0 yangilanishining final versiyasini chiqardi.

HMD Global yangi smartfonlar chiqarishni qisqartiradi
HMD Global kompaniyasi global bozorlardagi ishtirokini kamaytirib, korporativ segmentga va mintaqaviy yo'nalishlarga e'tibor qaratishi ma'lum bo'ldi.

MSI EdgeMesa N AI+ ixcham kompyuteri e'lon qilindi
MSI kompaniyasi Nvidia RTX Spark platformasida ishlaydigan va 128 GB birlashtirilgan xotiraga ega EdgeMesa N AI+ mini-kompyuterini namoyish etdi.

Jiangsu Haisi 200 mm plastinalar litografini jo'natdi
Jiangsu Haisi Semiconductor kompaniyasi Micro LED ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan 200 mm lik avtomatik Mask Aligner qurilmasini xaridorga jo'natdi.