PlayStation 5 uchun norasmiy Overdrive o'yinlar do'koni yopildi

Modifikatsiya qilingan PlayStation 5 konsollari uchun mo'ljallangan norasmiy Overdrive o'yinlar katalogi o'z ishini to'xtatdi.
PlayStation 5 konsollarini blokdan chiqarib ishlatuvchilar uchun mo'ljallangan mashhur Overdrive nomli norasmiy o'yinlar katalogi o'z faoliyatini to'xtatdi. Ushbu dastur yordamida foydalanuvchilar PlayStation Store'ni chetlab o'tgan holda turli loyihalarni qidirish va yuklab olish imkoniyatiga ega edi. Loyihaning yopilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda Oliver Darko ma'lum qildi, shuningdek, dasturning GitHub sahifasi ham o'chirib yuborildi yoki foydalanish uchun yopildi.
Mutaxassislarning fikricha, bu holat Sony Interactive Entertainment kompaniyasining konsol xavfsizligini ta'minlash hamda mualliflik huquqini buzuvchi vositalarga qarshi kurashish choralari bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Overdrive nafaqat o'yinlarni qidirishni taqdim etgan, balki mualliflar o'z serverlarida tijoriy loyihalar fayllarini joylashtirishni ham rejalashtirgan edi. Bunday yondashuv huquqiy muammolar xavfini keskin oshirib yuborishi aniq edi, bu esa kompaniya e'tiborini tortmagani qolmasdi.

So'nggi oylarda PlayStation 5 xavfsizligi jiddiy sinovlardan o'tdi. Sentyabr oyining oxirlarida Relapse deb nomlangan eksployt 13.60 versiyasigacha bo'lgan proshivkali konsollarni buzishga imkon bergani ma'lum bo'lgandi. Bunga javoban yaponiyali ishlab chiqaruvchi tezkor choralarni ko'rib, 16-sentyabr va 1-oktyabr kunlari navbatdagi 14.00.00 hamda 14.10.00 proshivka versiyalarini chiqardi. Ushbu yangilanishlar tizimdagi bir qator ma'lum zaifliklarni yopib qo'ydi.
Bundan tashqari, bunday cheklovlar kelgusidagi yirik relizlar bilan ham bog'liq bo'lishi mumkinligi aytilmoqda. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, GTA VI o'yini ishga tushish uchun konsoldan 14.10.00 versiyadagi dasturiy ta'minotni talab qilish ehtimoli bor. Bu esa o'z navbatida barcha modifikatsiya qilingan qurilmalarda loyihani ishga tushirish imkoniyatini yo'qqa chiqarib, qaroqchilikka qarshi kurashda muhim qadam bo'lishi mumkin.
Yana o'qing

Skyrim PS5 uchun uchta yirik qo'shimchaga ega bo'ldi
Kinggath Creations jamoasi The Elder Scrolls V: Skyrim o'yini uchun PlayStation 5 platformasida uchta yirik syujetli kengaytmani chiqardi.

Rockstar GTA VI chiqarilish sanasini tasdiqladi
Rockstar rahbari Rob Nelson Famitsu nashriga bergan intervyusida GTA VI o'yini belgilangan muddatda, 2026-yil 19-noyabrda chiqarilishini tasdiqladi.

Battlefield 6: 5-mavsumda sun'iy intellekt xatolari topildi
Battlefield 6 o'yinining beshinchi mavsumida sun'iy intellekt yordamida yaratilgani taxmin qilinayotgan g'aroyib kosmetik buyumlar aniqlandi.

Phantom Blade Zero relizi oldidan yangi boss jangi ko‘rsatildi
S-Game studiyasi Phantom Blade Zero loyihasi uchun navbatdagi videoni namoyish etdi va Deluxe nashridagi maxsus libos tafsilotlarini ochiqladi.