GTA VI o'yinlar uchun yangi narx standartini belgilashi mumkin

Warhorse Studios asoschisi Martin Klimaning fikricha, qimmatlashib borayotgan o'yin sanoati inqirozdan chiqish uchun GTA VI narxlariga tayanmoqda.
Warhorse Studios asoschilaridan biri Martin Klima videoo'yinlar sanoatida narxlarni oshirish vaqti kelganini va buni faqat Grand Theft Auto VI kabi yirik loyihalar boshlab berishi mumkinligini bildirdi. Uning so'zlariga ko'ra, hozirda o'yin yaratish narxi keskin oshgan va narxlarni ko'tarish biznesning omon qolishi uchun zaruriy qadamga aylangan.
Sanoat duch kelgan moliyaviy qiyinchiliklar
PC Gamer nashriga bergan intervyusida Klima GTA VI seriyasiga shaxsan qiziqmasligini, biroq loyihaning narx siyosatini diqqat bilan kuzatayotganini tan oldi. Uning ta'kidlashicha, bugungi kunda o'yinlarni ishlab chiqarish xarajatlari rekord darajada o'sgan, biroq studiyalar xarajatlarni qoplash uchun yangi moliyaviy manbalarga ega emas. O'yinchi auditoriyasining o'sishi deyarli to'xtagan, raqamli savdo maydonchalari o'z cho'qqisiga chiqqan, an'anaviy chakana savdo esa deyarli barbod bo'lgan.
Narxlarni ko'tarishdan qo'rqish
Martin Klimaning so'zlariga ko'ra, yagona chiqish yo'li bu nusxa narxini oshirishdir, biroq ko'pchilik ijodkorlar xaridorlarning e'tirozidan qo'rqib, bu qadamni tashlashga jur'at eta olmaydi. U Rockstar Games va Take-Two kompaniyalari bozorda bunday o'zgarishlarni amalga oshirishga qodir bo'lgan yagona kuch ekanini ta'kidladi. Agar ular yangi narx siyosatini muvaffaqiyatli joriy etsa, boshqa studiyalar ham bu yo'ldan borish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Avvalroq Grand Theft Auto VI o'yinining narxi e'lon qilingandi. Unga ko'ra, loyihaning bazaviy versiyasi 80 dollar, maxsus Ultimate-nashri esa 100 dollar etib belgilandi. Ushbu narx siyosati jamoatchilik orasida turli bahslarga sabab bo'lgan edi. O'yinning rasmiy relizi 2026-yil 19-noyabrga rejalashtirilgan bo'lib, u dastlab PlayStation 5 va Xbox Series X|S konsollarida sotuvga chiqadi. Hozircha kompyuter uchun versiya haqida hech qanday rasmiy ma'lumot berilmadi.
Yana o'qing

Olympus 2249 cRPG o'yini 2026 yilda sotuvga chiqadi
Dieselship Studio jamoasi ishlab chiqayotgan Olympus 2249 nomli yangi cRPG o'yini 2026 yilning 6 oktyabrida ilk bor erta kirishga chiqariladi.

Star Citizen o'yini daromadi va yangi o'yinchilar kamaydi
Cloud Imperium Games tomonidan ishlab chiqilayotgan Star Citizen kosmik simulyatori uchinchi chorakda daromad va yangi o'yinchilar soni bo'yicha pasayish qayd etdi.

American Truck Simulator uchun ilk mashina DLC chiqdi
American Truck Simulator o'yini uchun yengil avtomobillar bilan sayohat qilish imkonini beruvchi ilk Road Trip: Ford qo'shimchasi chiqarildi.

EA Sports FC 27 karyera rejimi uchun ilk yangilanish
EA Sports FC 27 futbol simulyatorining karyera rejimi uchun ilk yirik yangilanish e'lon qilindi, u xatolarni to'g'rilash va transfer bozorini yaxshilashga qaratilgan.