Telegram bot
O'yin yangiliklari

Grand Theft Auto VI qahramonlari haqida yangi tafsilotlar ochiqlandi

2026-10-03
Grand Theft Auto VI qahramonlari haqida yangi tafsilotlar ochiqlandi

Rockstar Games navbatdagi loyihasi Grand Theft Auto VI bosh qahramonlari Lyusiya va Jeysonning xarakteri hamda yangi kadrlari ma'lum qilindi.

Kutilayotgan Grand Theft Auto VI o'yinining bosh qahramonlari Lyusiya va Jeysonning xarakteri, ularning o'zaro munosabatlari hamda obrazlarining o'ziga xos jihatlari yoritib berildi. Reliz sanasi yaqinlashgani sari Rockstar Games loyihasi haqida turli tafsilotlar tobora ko'proq oshkor qilinmoqda va bu gal e'tibor qahramonlarning ichki dunyosiga qaratildi.

Real insonlarga xos xarakter va nomukammallik

Ssenariy mualliflaridan biri Elizabeth Gauvey-Kernning so'zlariga ko'ra, ijodkorlar jamoasi bosh qahramonlarni iloji boricha real insonlardek his etilishini istagan. Ular bir vaqtning o'zida ham kuchli, ham zaif, mukammal bo'lmagan, ba'zan haq bo'lib, ba'zida adashadigan hamda bir-biridan saboq oladigan shaxslar sifatida gavdalantirilgan. Aynan shunday xususiyatlar ularni chinakam real qilib ko'rsatishi va ajoyib jamoaga aylantirishi ta'kidlandi. Shuningdek, loyihaning yana bir ssenariynavisi Alexa D'Agostino ham qahramonlarni yaratishdagi yondashuvga to'xtaldi. Uning tushuntirishicha, o'z istaklari va maqsadlariga ega bo'lgan to'laqonli insonni tasvirlashga e'tibor qaratilgan. Natijada esa mutlaqo mukammal bo'lmagan, muayyan qoliplarga ega bo'lsa-da, barchaga tushunarli va chinakam hayotiy obrazlar kelib chiqqan.

Grand Theft Auto VI qahramonlari haqida yangi tafsilotlar ochiqlandi — 2-rasm
Grand Theft Auto VI qahramonlari haqida yangi tafsilotlar ochiqlandi — 3-rasm

Yangi kadrlar va o'yinning chiqish sanasi

Yangi tafsilotlar bilan birgalikda o'yinga oid qo'shimcha kadrlar ham ommaga namoyish etildi. Yaqinda Game Informer nashri Rockstar Games mahsulotiga bag'ishlangan yirik materialni taqdim etgan edi, endilikda esa Love Magazine jurnali loyihadan bir nechta yangi kadrlarni bo'lishdi. Ma'lumot uchun, Grand Theft Auto VI o'yinining rasmiy relizi 2026-yilning 19-noyabr sanasiga belgilangan. Ushbu loyiha chiqarilgan vaqtda PlayStation 5 hamda Xbox Series X|S konsollarida o'ynash uchun mavjud bo'lishi ko'zda tutilgan.

Yana o'qing

O'yin yangiliklari

Olympus 2249 cRPG o'yini 2026 yilda sotuvga chiqadi

Dieselship Studio jamoasi ishlab chiqayotgan Olympus 2249 nomli yangi cRPG o'yini 2026 yilning 6 oktyabrida ilk bor erta kirishga chiqariladi.

2026-10-05
O'yin yangiliklari

Star Citizen o'yini daromadi va yangi o'yinchilar kamaydi

Cloud Imperium Games tomonidan ishlab chiqilayotgan Star Citizen kosmik simulyatori uchinchi chorakda daromad va yangi o'yinchilar soni bo'yicha pasayish qayd etdi.

2026-10-05
O'yin yangiliklari

American Truck Simulator uchun ilk mashina DLC chiqdi

American Truck Simulator o'yini uchun yengil avtomobillar bilan sayohat qilish imkonini beruvchi ilk Road Trip: Ford qo'shimchasi chiqarildi.

2026-10-05
O'yin yangiliklari

EA Sports FC 27 karyera rejimi uchun ilk yangilanish

EA Sports FC 27 futbol simulyatorining karyera rejimi uchun ilk yirik yangilanish e'lon qilindi, u xatolarni to'g'rilash va transfer bozorini yaxshilashga qaratilgan.

2026-10-05