AnTuTu sentabr oyi eng kuchli subflagmanlarini e'lon qildi

AnTuTu sentabr oyi yakunlariga ko‘ra eng samarali Android-subflagmanlar reytingini e'lon qildi va ro‘yxatda MediaTek protsessorlari ustun keldi.
AnTuTu benchmarki sentabr oyi yakunlari bo‘yicha Android operatsion tizimida ishlaydigan eng kuchli subflagman smartfonlar reytingini e'lon qildi. V12 versiyasidagi sinovlar asosida tuzilgan o‘n talik ro‘yxat bu safar barchani ajablantirdi. Unda Qualcomm kompaniyasining protsessorlari birorta ham o‘rin egallay olmadi, barcha o‘rinlar to‘liq MediaTek Dimensity chipsetlari ulushiga to‘g‘ri keldi.
Peshqadamlar va ularning natijalari
Reyting cho‘qqisini Dimensity 8400-Max protsessoriga tayanuvchi Oppo Reno 15 Pro egalladi. Ushbu qurilma o‘rtacha 2 306 256 ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Dimensity 8500 chipi bilan jihozlangan iQOO Z11 2 300 153 ball bilan band etdi. Kuchli uchlikka esa yana bir Oppo modeli — Dimensity 8400-Max asosidagi Oppo Reno 15 (2 296 591 ball) yakun yasadi. Qizig‘i, birinchi va uchinchi o‘rinlar orasidagi farq atigi 10 ming balldan kam bo‘lib, bu umumiy unumdorlikda deyarli sezilmaydi.
O‘nlikning qolgan qismi va umumiy manzara
Keyingi o‘rinlarni turli brendlarning ilg‘or qurilmalari band etdi. Xususan, Oppo Reno 16 (Dimensity 8550-Super) 2 286 483 ball, Redmi Turbo 5 (Dimensity 8500-Ultra) 2 279 436 ball va Honor WIN Turbo (Dimensity 8500 Elite) 2 260 946 ball to‘pladi. Shuningdek, ro‘yxatdan Realme Neo 7 SE, Oppo K15 Pro, Xiaomi 17T hamda iQOO Z10 Turbo modellari ham joy oldi. Ro‘yxatni yakunlab bergan iQOO Z10 Turbo (Dimensity 8400) 2 103 853 ball qayd etdi.
Reyting g‘olibi bilan oxirgi o‘rin egasi orasidagi tafovut qariyb 202 ming ballni yoki 8,8 foizni tashkil etdi. Mutaxassislar oxirgi oylarda bu ro‘yxatda sezilarli o‘zgarishlar bo‘lmaganini ta'kidlamoqda. Biroq MediaTek va Qualcomm kompaniyalari protsessorlarining yangi avlodlari taqdim etilgandan so‘ng vaziyat keskin o‘zgarishi kutilmoqda.
Yana o'qing

Yandex Disk funksiyalari nima uchun cheklandi?
Serverlardagi yuklamani kamaytirish uchun Yandex Disk va Yandex 360 xizmatlarining ayrim funksiyalari vaqtincha cheklangani ma'lum qilindi.

Microsoft Surface Laptop Ultra magnitli USB-C oldi
Microsoft kompaniyasi ilk bor noutbuk korpusiga o'rnatilgan magnitli USB-C portiga ega bo'lgan Surface Laptop Ultra'ni taqdim etdi.

Xiaomi Pad 9 Pro Max AnTuTu reytingida peshqadam bo'ldi
Xiaomi Pad 9 Pro Max plansheti sentabr oyi yakunlariga ko'ra AnTuTu ishlash unumdorligi reytingida birinchi o'rinni egallab, yetakchilikni qo'lga kiritdi.

Honor Win Pad plansheti: 240 Gts ekran va faol sovutish
Honor kompaniyasining yangi Win Pad plansheti 8,4 dyuymli 240 Gts OLED ekran, Snapdragon 8 Elite Gen 5 va ventilyatorli sovutish tizimini oladi.