GTA VI o'yinida yangi sizdirma va xaker so'rovi

Xaker Cyberleek Grand Theft Auto VI o'yinining yangi kadrlarini tarqatib, muxlislar o'rtasida navbatdagi sizdirma uchun ovoz berish boshladi.
Grand Theft Auto VI loyihasi atrofidagi muhokamalar tinmayotgan bir paytda, internetda navbatdagi yirik sizdirma yuz berdi. O'yin yaratuvchilari yoz oylarida kengaytirilgan taqdimot o'tkazib, asosiy jihatlarni ko'rsatgan bo'lsa-da, barcha tafsilotlar oshkor etilmagandi. Cyberleek deb nomlanuvchi xaker yana faollashib, o'yin jarayoniga oid yangi materiallarni tarmoqqa joyladi.
Yangi e'lon qilingan videolarda o'yinning ayrim sahnalari, birinchi shaxsdagi ko'rinish rejimi, maxsus topshiriqlarni bajarish jarayoni, tank hamda kiyimsiz Jeyson modeli o'rin olgan. Take-Two kompaniyasining yuristlari xakerni unchalik qo'rqita olmayotgani ko'rinib turibdi. Hozirda Cyberleek'ni qidirishayotgan bo'lsa-da, ko'pchilik uning qaytishini kutmagandi. Biroq xaker o'zini xavfsiz hisoblab, bunday materiallarni e'lon qilishda davom etmoqda.
Muxlislar uchun o'ziga xos ovoz berish jarayoni
Cyberleek bu safar yanada olg'a borib, keyingi sizdirma qanday bo'lishini hal qilish uchun ommaviy ovoz berish kampaniyasini boshladi. Tanlov uchun muxlislarga bir nechta qiziqarli variantlar taklif qilingan bo'lib, ular orasida ochiq dunyoda harakatlanish imkoniyatlari ham mavjud.

- Birinchi shaxsdagi rejimda Jeyson bilan ochiq dunyoni kezish
- Uchinchi shaxsdagi rejimda Lusiya bilan ochiq dunyoni kezish
- Kiyimsiz Jeyson ishtirokidagi qo'shimcha topshiriq
- Lusiya boshqaruvidagi qo'shimcha topshiriq
O'yinning rasmiy chiqish sanasi
Mazkur turdagi sizdirmalar va noqonuniy tarqatishlarga qaramamay, Rockstar Games o'z rejalarida qat'iy turibdi. Grand Theft Auto VI o'yinining rasmiy relizi 2026 yil 19 noyabr sanasiga belgilangan. Loyiha sotuvga chiqqach, uni PlayStation 5 va Xbox Series X|S konsollari egalari o'ynashlari mumkin bo'ladi.
Yana o'qing

Bloodborne PC remastersi uchun yangi patchlar chiqdi
Modder fromsoftserve Bloodborne o'yinining norasmiy kompyuter versiyasi uchun 1.06 va 1.07 grafika yangilanishlarini chiqardi.

Gears of War: E-Day o'yinining sotuv hajmi ma'lum bo'ldi
Alinea Analytics tahlilchilari Gears of War: E-Day o'yinining ilk haftadagi sotuvlari va Game Pass xizmatining unga ta'sirini baholadi.

Resident Evil Requiem dastlab onlayn o'yin bo'lgan
Capcom vakillari Resident Evil Requiem dastlab onlayn loyiha sifatida boshlangani, ammo sinovlar tufayli xorurga qaytilganini ma'lum qildi.

Riot Games 2XKO o'yiniga Sett va Samirani qo'shadi
Riot Games 2XKO faytingi uchun so'nggi yangilanish tayyorlanmoqda, unda o'yinchilar uzoq kutgan Sett va Samira qahramonlari paydo bo'ladi.