Resident Evil Requiem dastlab onlayn o'yin bo'lgan

Capcom vakillari Resident Evil Requiem dastlab onlayn loyiha sifatida boshlangani, ammo sinovlar tufayli xorurga qaytilganini ma'lum qildi.
Capcom kompaniyasi tomonidan shu yil shaxsiy kompyuterlar va konsollar uchun chiqarilgan Resident Evil Requiem o'yini dastlab butunlay boshqacha yo'nalishda loyihalashtirilgan ekan. Biohazard 30th Special Mook maxsus nashrida ma'lum qilinishicha, o'yinning prodyuseri Masachika Kawata loyihaning eng ilk bosqichlaridagi o'zgarishlar haqida batafsil gapirib bergan. Uning so'zlariga ko'ra, dastlabki rejalashtirish jarayonida ushbu loyiha tarmoq o'yini sifatida yaratilayotgan bo'lgan, biroq keyinchalik bu fikrdan voz kechilgan.
Tarmoq rejimining muvaffaqiyatsizligi va xorurga qaytish
O'yinning bosh geymdirixtori Koshi Nakanishi dastlabki bosqichlarda uni onlayn loyiha sifatida rivojlantirishga harakat qilgan. Biroq ish jarayonida o'tkazilgan turli sinov va testlarning natijalari mutlaqo qoniqarsiz ekanligini ko'rsatgan. Shu sababli ijodkorlar jamoasi barcha rejalarni qayta ko'rib chiqib, o'yinning asosiy o'zagiga mumtoz xorur konsepsiyasini qaytarishga qaror qilgan va onlayn yo'nalish to'liq yopilgan.

Leon Kennedy va yangi qahramon Grace Ashcroft tanlovi
Dastlabki rejalarga ko'ra, ishlab chiquvchilar jamoasi bosh qahramon sifatida afsonaviy Leon Kennedy ni tanlagan edi. Shunga qaramay, tajribali qahramonning yaqin masofadagi janglarda zombilarni juda oson yenga olishi o'yin atmosferasini qo'rqinchli emas, balki shunchaki oddiy ekshn janriga burib yuborishi aniq bo'lgan. Natijada jamoa qo'rquv muhitini saqlab qolish uchun syujetga FBI tahlilchisi Grace Ashcroft ismli yangi obrazni qo'shishga majbur bo'lgan.
Shuningdek, ijodkorlar o'yin reliziga qadar Leon ning ishtirokini sir saqlash orqali jamoatchilik qiziqishini oxirigacha ushlab turishga erishgan. Bu esa xorur va shiddatli harakatlar elementlarini mukammal uyg'unlashtirish imkonini bergan. Hozirgi vaqtda esa Capcom jamoasi ushbu loyiha uchun maxsus syujet qo'shimchasini ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda va yaqinda tarmoqqa sizdirilgan ma'lumotlar bu boradagi ayrim tafsilotlarni fosh qilgandi.
Yana o'qing

GTA VI o'yinida yangi sizdirma va xaker so'rovi
Xaker Cyberleek Grand Theft Auto VI o'yinining yangi kadrlarini tarqatib, muxlislar o'rtasida navbatdagi sizdirma uchun ovoz berish boshladi.

Riot Games 2XKO o'yiniga Sett va Samirani qo'shadi
Riot Games 2XKO faytingi uchun so'nggi yangilanish tayyorlanmoqda, unda o'yinchilar uzoq kutgan Sett va Samira qahramonlari paydo bo'ladi.

Richard Garriott Ultima huquqlarini qaytarmoqchi
Ultima franshizasining yaratuvchisi Richard Garriott uning mualliflik huquqlarini 2027-yilda Electronic Arts kompaniyasidan qaytarib olmoqchi.

SEGA Sonic figurasi ichiga sintetik DNK joyladi
SEGA Sonic the Hedgehog seriyasining 35 yilligi sharafiga ichida maxsus sintetik DNK saqlovchi noyob va qimmatbaho kolleksion figurani taqdim etdi.