Telegram bot
Texnologiya

Vivo S60t taqdim etildi: 7200 mA·ch batareya va 144 Hz ekran

2026-10-04
Vivo S60t taqdim etildi: 7200 mA·ch batareya va 144 Hz ekran

Vivo kompaniyasi 7200 mA·ch sig‘imli akkumulyator, Snapdragon 7 Gen 4 protsessori va 144 Hz chastotali AMOLED displeyga ega yangi S60t modelini namoyish etdi.

Vivo kompaniyasi mobil bozorga yangi Vivo S60t smartfonini taqdim etdi. Ushbu qurilma nisbatan yupqa korpusda ulkan batareyani jamlagani bilan ajralib turadi. Korpusning qalinligi atigi 7,79 millimetrni tashkil etsa-da, uning ichiga 7200 mA·ch sig‘imli akkumulyator joylashtirilgan. Batareya 90 vattli tezkor simli quvvat olishni va USB-C porti orqali teskari quvvat ulashni qo'llab-quvvatlaydi. Qurilmaning og'irligi versiyasiga qarab 207 grammgacha yetadi.

Displey va texnik platforma

Smartfon 6,59 dyuymli AMOLED displey bilan jihozlangan bo'lib, u 2750 × 1260 pikselli yuqori aniqlikni, 10-bitli rang uzatishni va HDR texnologiyasini taklif etadi. Ekranning yanglanish chastotasi 144 Hz'ni tashkil qiladi, o'yin rejimida esa sensorning diskretizatsiya chastotasi 300 Hz'ga chiqadi. Displey old panelning 94,7 foizini egallaydi. Aparat qismi Snapdragon 7 Gen 4 chipiga tayanadi. Foydalanuvchilarga 12 GB gacha operativ va 512 GB gacha doimiy xotira taqdim etiladi. Memory Fusion funksiyasi evaziga yana 24 GB gacha virtual operativ xotira qo'shish mumkin. Dasturiy ta'minot sifatida Android 17 bazasidagi OriginOS 7 operatsion tizimi ishlatiladi.

Vivo S60t taqdim etildi: 7200 mA·ch batareya va 144 Hz ekran — 2-rasm

Kamera imkoniyatlari va qo'shimcha funksiyalar

Orqa panelda joylashgan kameralar bloki optik barqarorlashtirish tizimiga ega 50 megapikselli asosiy sensor, 8 megapikselli ultrakeng burchakli modul va OIS qo'llab-quvvatlaydigan 50 megapikselli periskop telefotokameradan iborat. Asosiy va telefotokameralar 4K formatida video yozish imkonini beradi, maksimal raqamli yaqinlashtirish esa 100 karagacha ishlaydi. Xavfsizlik va boshqaruv uchun ekran ostidagi ultratovushli barmoq izi skaneri o'rnatilgan. Shuningdek, qurilma stereodinamiklar, NFC moduli, Bluetooth 5.4, Wi-Fi 6, X o'qiga ega chiziqli vibratsiya motori va maishiy texnikani boshqarish uchun infraqizil port bilan ta'minlangan. Korpus IP68 va IP69 standartlari bo'yicha suv va changdan to'liq himoyalangan.

  • 7200 mA·ch akkumulyator va 90 Vt quvvatlash
  • 6.59 dyuymli 144 Hz AMOLED displey
  • Snapdragon 7 Gen 4 protsessori
  • 50 MP asosiy va 50 MP periskop kameralar
  • IP68 va IP69 suv hamda changdan himoya

Yana o'qing

Texnologiya

RTX 5090 quvvat ulagichi erib, kafolat rad etildi

Qiymati 5245 dollarlik Digital Storm Corsa kompyuteridagi GeForce RTX 5090 videokartasining quvvat ulagichi ikki tomonlama erib ketdi.

2026-10-05
Texnologiya

Samsung Galaxy Z Fold 9 yupqa korpus bilan chiqadi

Samsung kompaniyasi yig'ilgan holatda 7,9 mm va ochilganda 3,9 mm qalinlikka ega bo'ladigan kelgusi Galaxy Z Fold 9 flagmanini tayyorlamoqda.

2026-10-05
Texnologiya

Amazon'dan Ryzen 7 9850X3D olgan xaridor ikki marta eski Intel oldi

Reddit foydalanuvchisi Amazon orqali yangi protsessor buyurtma qilib, qadoq ichidan eski Intel Core i3 chiqqaniga ikki marta duch keldi.

2026-10-04
Texnologiya

Windows XP uchun GeForce Pascal drayveri chiqarildi

Entuziast SupraGSX 32-bitli Windows XP operatsion tizimi uchun Pascal avlodiga mansub GeForce videokartalarini qo'llab-quvvatlaydigan drayver yaratdi.

2026-10-04