Telegram bot
O'yin yangiliklari

Helldivers 2 sotuvi 23 mln nusxadan oshdi va $786 mln keltirdi

2026-11-07
Helldivers 2 sotuvi 23 mln nusxadan oshdi va $786 mln keltirdi

Alinea Analytics hisobotiga ko'ra, Helldivers 2 umumiy hisobda 23 milliondan ortiq nusxada sotilib, 786,3 million dollar daromad keltirgan.

Arrowhead Game Studios tomonidan yaratilgan Helldivers 2 kooperativ shuteri relizdan deyarli uch yil o'tib ham Sony kompaniyasining eng daromadli o'yin-servislaridan biri bo'lib qolmoqda. Alinea Analytics tahlil kompaniyasi ma'lumotlariga ko'ra, loyiha shu kungacha kompyuter, PlayStation 5 va Xbox platformalarida 23 milliondan ortiq nusxada sotilgan hamda taxminan 786,3 million dollar tushum keltirgan.

Faqatgina 2026-yilning o'zida o'yin sotuvi 2,5 million nusxadan oshib, 81,1 million dollar daromad taqdim etgan. Shuningdek, avgust oyida loyihaning PlayStation Plus Extra obuna katalogiga qo'shilishi unga yana 1,6 million nafar yangi foydalanuvchini jalb qilishga yordam bergan.

Platformalar bo'yicha ulush

Tahlilchilar hisob-kitobiga qaraganda, xaridlarning asosiy qismi kompyuter foydalanuvchilariga to'g'ri keladi. Sotilgan nusxalarning 66,1 foizi Steam do'koni, 25,7 foizi esa PlayStation 5 konsoli hissasiga yozilgan. Asl relizdan taxminan bir yarim yil o'tib chiqqan Microsoft konsollari versiyasi umumiy sotuvning 8,3 foizini egallagan. Ko'rsatkichlar yig'indisi yaxlitlash sababli 100 foizdan biroz oshadi.

Helldivers 2 sotuvi 23 mln nusxadan oshdi va $786 mln keltirdi — 2-rasm

O'yinchilar faolligi va loyiha haqida

Helldivers 2 auditoriyaning yuqori faolligini saqlab turibdi: o'yinga har kuni o'rtacha 700 000 atrofida foydalanuvchi kiradi va yirik yangilanishlardan keyin bu raqamlar yanada o'sadi. Tahlilchilarning qayd etishicha, 4 milliondan ziyod kishi o'yinda 100 soatdan ko'proq vaqt o'tkazgan, 462 000 nafar geymer esa 500 soatlik marrani zabt etgan.

Loyiha uchinchi shaxs ko'rinishidagi kooperativ shuter hisoblanadi. Unda fazoviy desantchilar guruhlari Super-Yer xavfsizligini himoya qilish maqsadida o'zga sayyoralik hasharotlar, robotlar va boshqa xavflarga qarshi jang olib boradi.

Yana o'qing

O'yin yangiliklari

Monster Hunter Wilds yarim yilda 800 ming nusxada sotildi

Capcom moliyaviy yilning birinchi yarmida Monster Hunter Wilds 800 ming nusxada sotilganini ma'lum qildi va o'sishni yangi DLC bilan bog'lamoqda.

2026-11-07
O'yin yangiliklari

Microsoft o'zining Xbox bo'linmasini 150 mlrd dollarga sotishi mumkin

Tahlilchi Joost van Dreunen sun'iy intellekt xarajatlari sababli Microsoft kompaniyasi Xbox o'yin bo'linmasini 100-150 mlrd dollarga sotishini taxmin qildi.

2026-11-07
O'yin yangiliklari

Stellar Blade sotuvlari PC va PS5 da 5,4 mln nusxaga yetdi

Shift Up studiyasining Stellar Blade ekshn o'yini PS5 va PC platformalarida jami 5,4 million nusxada sotilib, $316,9 million daromad keltirdi.

2026-11-07
O'yin yangiliklari

Sony Ratchet & Clank: Ranger Rumble o'yinini yopmoqda

Sony Interactive Entertainment va Oh BiBi studiyasi Ratchet & Clank: Ranger Rumble mobil shuterini to'liq xalqaro relizga yetmasdan yopishga qaror qildi.

2026-11-07