Telegram bot
O'yin yangiliklari

PlayStation Plus obunachilariga yangi bonuslar taqdim etildi

2026-11-07
PlayStation Plus obunachilariga yangi bonuslar taqdim etildi

Sony kompaniyasi PlayStation Plus obunachilari uchun yangi chegirma va bonuslarni e'lon qildi, biroq o'yinchilar diskli o'yinlarni qaytarishni talab qilmoqda.

Sony kompaniyasi 6-noyabr kuni X ijtimoiy tarmog'idagi PlayStation UK sahifasi orqali PlayStation Plus obunachilari uchun yangi imtiyozlar dasturini e'lon qildi. Biroq ushbu yangilik konsol egalari tomonidan keskin tanqid bilan kutib olindi: foydalanuvchilar kompaniyadan jismoniy disklardagi o'yinlarni qaytarishni talab qilishda davom etmoqda.

PlayStation Plus obunachilariga qanday bonuslar berildi

Yangi dastur doirasida obunachilar Sony, PlayStation va hamkor kompaniyalarning maxsus takliflari hamda chegirmalaridan foydalanishi mumkin. Taqdim etilgan imtiyozlar qatoriga quyidagilar kiradi:

  • Sony Electronic bluetooth-kolonkalari va o'yin jihozlarini xarid qilishda chegirmalar;
  • PlayStation Direct do'konidagi xaridlar uchun chegirmalar;
  • YouTube Premium xizmatining 3 oylik bepul sinov muddati va boshqa servislar uchun bonuslar.
PlayStation Plus obunachilariga yangi bonuslar taqdim etildi — 2-rasm

O'yinchilar nega norozi

Shu yilning yozida Sony kompaniyasi PlayStation o'yinlarini disklarda chiqarishdan voz kechishini ma'lum qilgan edi. Oradan bir necha oy o'tgan bo'lsa-da, ko'plab geymerlar bu qarorga ko'nikmagan va kompaniyaning har bir yangi posti ostida jismoniy nashrlarni qaytarishni so'rab izoh qoldirmoqda.

PlayStation Plus bonuslari haqidagi e'lon ostida ham foydalanuvchilarning aksariyati taklif etilgan chegirmalardan ko'ngli to'lmaganini bildirgan. Xususan, RUSHER117 nikli foydalanuvchi ingliz tilidagi "trial" so'zi nafaqat "sinov muddati", balki "sud majlisi" ma'nosini ham anglatishiga e'tibor qaratgan. Ayni paytda ayrim o'yinchilar raqamli mahsulotlarga egalik qilish huquqi bo'yicha Sony ustidan sudga da'vo kiritmoqda.

Izohlarda boshqa foydalanuvchilar ham o'z e'tirozlarini yozib qoldirgan. Jumladan, hriddies1 bepul sinov muddatini har kim olishi mumkinligini aytib, disklarni qaytarish masalasini so'ragan. KC4191 esa ishonchni qaytarish uchun oddiy sinov muddati yetarli emasligini, kompaniya ochko'zlik qilib dinamik narxlashni qo'llayotgani sababli yana sud oldida javob berishiga to'g'ri kelishini ta'kidlagan. ValhallaFeed kompaniya o'yinchilar ishonchini qaytarish uchun hamma narsani sinab ko'rayotgani, ammo geymerlar uchun haqiqatan muhim bo'lgan ishlarni qilmayotganini qayd etgan. GodssonAFC esa unga kerak bo'lgan yagona bonus disklar ekanini bildirgan. Zipiol nikli foydalanuvchi esa bunday siyosat bilan Sony navbatdagi PlayStation 6 konsoli chiqqanda "foydalanuvchilar yo'qligi" ko'rinishidagi bonusga ega bo'lishini yozgan.

Yana o'qing

O'yin yangiliklari

Ed Boon yangi Mortal Kombat nomi bo'yicha so'rov o'tkazdi

Mortal Kombat yaratuvchisi Ed Boon muxlislardan seriyaning yangi qismi uchun nom tanlashni va Marvel faytinglari bo'yicha ovoz berishni so'radi.

2026-11-07
O'yin yangiliklari

Grand Theft Auto VI kompyuterlarga ertaroq chiqishi mumkin

Rockstar North sobiq texnik direktori Obbe Vermeij sun'iy intellekt sababli Grand Theft Auto VI kompyuterlarga ertaroq chiqishi mumkinligini aytdi.

2026-11-07
O'yin yangiliklari

PlayStation o'yinchilari Sony ichida tekshiruv talab qildi

PlayStation foydalanuvchilari ommaviy akkaunt buzilishlari ortida kompaniya xodimlari turganidan gumon qilib, Sony rahbariyatidan tekshiruv talab qilmoqda.

2026-11-07
O'yin yangiliklari

Square Enix sobiq direktori Steam tekshiruvini tanqid qildi

Square Enix sobiq direktori Jacob Navok o'yinlarni nashr etishdan oldin juda sekin tekshirayotgani uchun Valve va Steam platformasini tanqid qildi.

2026-11-07