Amazon'dan olingan GeForce RTX 5090 ichidan plata chiqmadi

Kanadalik foydalanuvchi Amazon Canada orqali $3515 evaziga sotib olgan GeForce RTX 5090 videokartasi ichidan plata va asosiy qismlar chiqmadi.
Kanadalik texnologiya ishqibozi internet orqali dunyodagi eng ilg'or kompyuter qismlaridan birini xarid qilish chog'ida g'ayrioddiy va yoqimsiz holatga duch keldi. Reddit forumida Salty-Mirror9498 taxallusi ostida faoliyat yurituvchi foydalanuvchi Amazon Canada platformasi orqali GeForce RTX 5090 videokartasiga buyurtma bergan edi. Biroq, to'liq ishlaydigan flagman qurilma o'rniga unga asosiy qismlari butunlay olib tashlangan mahsulot yetkazib berildi.
Qutidan nimalar chiqdi?
Ma'lum qilinishicha, ushbu grafika kartasi uchun taxminan $3515 miqdorida mablag' sarflangan. Xaridor uni Amazon Warehouse Deals bo'limidan, yani avval foydalanilgan yoki boshqa mijozlar tomonidan qaytarilgan mahsulotlar sotiladigan qismdan xarid qilgan. Uyga yetib kelgan qutini ochish jarayonini foydalanuvchi maxsus videokameraga muhrlagan va aynan shu paytda kutilmagan holat fosh bo'lgan.
Videokartani diqqat bilan tekshirgan xaridor dastlab uning ichida faqat grafik protsessor yetishmayapti deb o'ylagan. Biroq batafsilroq ko'zdan kechirish jarayonida qurilmaning ichida umuman pechatli plata yo'qligi aniqlangan. Qutidan faqatgina videokartaning tashqi korpusi hamda sovutish tizimi chiqqan xolos. Tarqatilgan foto va video materiallarda sovutish tizimining mis kontakt maydonchasi ochiq turgani, shuningdek, xotira modullari, GPU va boshqa elektronika qismlarini tutib turuvchi plata butunlay mavjud emasligi yaqqol ko'rsatilgan.
Platforma qoidalari va qaytarish jarayoni
Ushbu g'alati holat internet tarmoqlarida keng muhokamalarga sabab bo'ldi. Dastlab internet foydalanuvchilari buyurtma Amazon Marketplace orqali uchinchi tomon sotuvchisi tomonidan yuborilgan bo'lishi mumkinligini taxmin qilishgan. Biroq Warehouse Deals bu bevosita Amazon Canada kompaniyasining o'zi tomonidan boshqariladigan dastur bo'lib, unda qaytarilgan tovarlar sotiladi. Kompaniyaning rasmiy hujjatlariga ko'ra, bunday qurilmalar ikkilamchi savdoga chiqarilishidan avval majburiy texnik tekshiruvdan o'tkazilishi lozim.
Yuzaga kelgan tushunmovchilikdan so'ng xaridor zudlik bilan rasmiy ravishda mahsulotni qaytarish amaliyotini rasmiylashtirganini ma'lum qildi. Hozirgi vaqtda ushbu ish yuzasidan boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
Yana o'qing

RTX 5090 quvvat ulagichi erib, kafolat rad etildi
Qiymati 5245 dollarlik Digital Storm Corsa kompyuteridagi GeForce RTX 5090 videokartasining quvvat ulagichi ikki tomonlama erib ketdi.

Samsung Galaxy Z Fold 9 yupqa korpus bilan chiqadi
Samsung kompaniyasi yig'ilgan holatda 7,9 mm va ochilganda 3,9 mm qalinlikka ega bo'ladigan kelgusi Galaxy Z Fold 9 flagmanini tayyorlamoqda.

Amazon'dan Ryzen 7 9850X3D olgan xaridor ikki marta eski Intel oldi
Reddit foydalanuvchisi Amazon orqali yangi protsessor buyurtma qilib, qadoq ichidan eski Intel Core i3 chiqqaniga ikki marta duch keldi.

Windows XP uchun GeForce Pascal drayveri chiqarildi
Entuziast SupraGSX 32-bitli Windows XP operatsion tizimi uchun Pascal avlodiga mansub GeForce videokartalarini qo'llab-quvvatlaydigan drayver yaratdi.