Xbox Game Pass noyabr oyi boshida 20 ta yangi o'yin oladi

Microsoft noyabr oyining birinchi yarmida Xbox Game Pass obunasiga qo'shiladigan 20 ta yangi o'yin va katalogni tark etadigan loyihalar ro'yxatini e'lon qildi.
Microsoft kompaniyasi noyabr oyining birinchi yarmida Xbox Game Pass obuna xizmatiga qo'shiladigan yangi o'yinlar ro'yxatini taqdim etdi. 17-noyabrga qadar katalog 20 ta loyiha, jumladan Warhammer Survivors, Vampire Crawlers hamda John Carpenter's Toxic Commando bilan boyiydi. Shuningdek, kompaniya oy o'rtasida obunani tark etadigan o'yinlar nomini ham ma'lum qildi.
Katalogning yangilanishi allaqachon boshlangan bo'lib, obunachilar uchun dastlabki o'yinlar taqdim etildi. Xususan, Football Manager 27 (Game Pass Ultimate va PC Game Pass) hamda Pit of Goblin (Ultimate, Premium va PC Game Pass) loyihalari kutubxonaga qo'shildi. Bugun, 4-noyabr kuni esa Vampire Crawlers: The Turbo Wildcard from Vampire Survivors (Premium) va Void/Breaker (Ultimate, Premium, PC) o'yinlari ham foydalanuvchilarga taqdim etildi.
Yaqin kunlarda qo'shiladigan o'yinlar
- 5-noyabr — Escape Academy 2: Back 2 School (Ultimate, PC), Firefighting Simulator: Ignite (Ultimate, Premium, PC), MySims Cozy Bundle (Ultimate, PC)
- 10-noyabr — Football Manager 2027 Console, Warhammer Survivors va Tanuki: Pan's Summer (Ultimate, PC)
- 11-noyabr — Hope in the City (Ultimate, PC) va Thronefall (Ultimate, Premium, PC)
- 12-noyabr — John Carpenter's Toxic Commando (Ultimate, Premium, PC)
- 15-noyabr — Banjo-Kazooie, Banjo-Tooie, Banjo-Kazooie: Nuts & Bolts, Gears of War: Judgment, Halo: Spartan Assault, Perfect Dark, Viva Piñata hamda Viva Piñata: Trouble in Paradise (Essential)
- 17-noyabr — Aphelion (Premium) va Paw Patrol: Dino World (Ultimate, Premium, PC)

Obunani tark etadigan loyihalar
Yangi loyihalar qo'shilishi bilan birga, 15-noyabr kuni Xbox Game Pass kutubxonasini 13 ta o'yin tark etadi. Ular orasida Dragon Ball Xenoverse 2, GoldenEye 007, Wreckfest va Moonlighter kabi taniqli loyihalar bor.
- 1000xResist
- Barbie Horse Trails
- Dragon Ball Xenoverse 2
- Firefighting Simulator: The Squad
- GoldenEye 007
- Great God Grove
- Moonlighter
- Pigeon Simulator
- Police Simulator: Patrol Officers
- Relic Hunters Legend
- Total Chaos
- Winter Burrow
- Wreckfest
Yana o'qing

The Legend of Zelda: Ocarina of Time remeyki 37 ball oldi
Famitsu jurnali Switch 2 uchun ishlab chiqilgan The Legend of Zelda: Ocarina of Time remeykini 40 balldan 37 ballga baholadi va uning ustunliklarini aytdi.

Phantom Blade Zero sotuvi 223 million dollarga yetdi
Phantom Blade Zero o'yini PC va PS5 da 4,3 million nusxada sotilib, 223 million dollar daromad bilan 2026-yilning top-10 o'yinlari qatoridan joy oldi.

Unreal Engine 5.9 dastlabki talqini kelasi haftada chiqadi
Epic Games kelasi haftada 3D sahnalarni tahrirlay oladigan sun'iy intellekt va brauzerda ishlash imkoniyatiga ega Unreal Engine 5.9 talqinini chiqaradi.

Star Wars Jedi Knight: Dark Forces 2 remeyki yangilandi
Ruppertle taxallusli ishqiboz Unreal Engine 5 da yaratilgan Star Wars Jedi Knight: Dark Forces 2 remeykining bepul 1.03 versiyasini taqdim etdi.