GTA VI ni erta o'ynash uchun geymerlar nimalardan kechmoqchi

Unwind Media o'tkazgan so'rovnomada 1300 dan ortiq geymer GTA VI o'yinini erta boshlash evaziga zararli odatlar va hatto uy hayvonlaridan voz kechishini aytdi.
Unwind Media o'tkazgan yangi so'rovnoma natijalariga ko'ra, ko'plab o'yinchilar Rockstar Games studiyasining yangi Grand Theft Auto VI loyihasini hammadan oldin sinab ko'rish uchun katta qurbonliklarga tayyor. Tadqiqotda 1300 dan ziyod geymer ishtirok etib, erta kirish imkoniyati evaziga o'z hayotidagi qaysi odat va qulayliklardan voz kecha olishini ma'lum qildi.
Odatlar va kutilmagan qurbonliklar
So'rovda qatnashganlarning katta qismi o'yinni muddatidan avval boshlash uchun zararli odatlarini tashlashga rozi bo'lgan. Xususan, ishtirokchilarning 53 foizi spirtli ichimliklardan, 43 foizi esa tamaki chekishdan voz kechishini bildirgan. Shuningdek, 40 foizdan ortiq respondent fastfud iste'mol qilishni hamda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni to'xtatishga tayyor ekanini aytgan. Biroq smartfonlardan voz kechishga faqat 16 foiz o'yinchigina rozi bo'lgan.
Bundan tashqari, uy hayvonlari bor geymerlarning taxminan 10 foizi GTA VI ni bir hafta oldin o'ynash imkoniyati berilsa, o'z jonivorlaridan ham kechishga tayyorligini bildirgan. So'ralganlarning qariyb 20 foizi esa bir oy davomida yaqin munosabatlardan tiyilishga rozi. Qizig'i shundaki, bunday qarorga ayollarning 25 foizi kelgan bo'lsa, erkaklar orasida bu ko'rsatkich biroz pastroq — 19 foizni tashkil etgan.

O'yinga oldindan buyurtma berib ulgurgan ishtirokchilar orasida bu raqamlar yanada yuqori chiqqan. Ularning 32 foizi bir oyga shaxsiy yaqinlikdan voz kechishga, 13 foizi esa uy hayvonlarini berib yuborishga tayyorligini qayd etgan.
Reliz sanasi va erta kirish imkoniyati
Geymerlarning bunday xohishiga qaramay, Grand Theft Auto VI uchun pullik erta kirish tizimi ko'zda tutilmagan. Loyiha 2026-yil 19-noyabr kuni PlayStation 5 hamda Xbox Series X|S konsollarida barcha foydalanuvchilar uchun bir vaqtda sotuvga chiqadi. Shu paytgacha o'yin bilan faqat jurnalistlar va blogerlar, shuningdek, dastlabki talqinni qo'lga kiritgan CyberLeek ismli xaker tanishib chiqishga muvaffaq bo'lgan.
Yana o'qing

South of Midnight direktori Xbox sarmoyalarini tanqid qildi
Compulsion Games sobiq vakili David Sears Microsoft kompaniyasining o'yinlarni moliyalashtirish strategiyasi uzoq muddatda xavfli ekanini aytdi.

GTA VI muxlisi Void Only relizga uch hafta qolganda vafot etdi
Grand Theft Auto VI chiqishini kutgan va o'pka transplantatsiyasini boshdan kechirgan Void Only taxallusli geymer relizga uch hafta qolganda vafot etdi.

Rockstar Grand Theft Auto VI bonus to'plami haqida eslatdi
Rockstar Games 19-noyabr kuni chiqadigan Grand Theft Auto VI o'yinini oldindan xarid qilganlar uchun Vintage Vice City Pack bonuslarini eslatdi.

Epic Games sobiq muhandisi Steam ustunligi sababini aytdi
Epic Games kompaniyasining sobiq muhandisi Kiaran Ritchie Steam do'konining bozordagi ustunligi va 30 foizlik komissiyasi haqida fikr bildirdi.