Telegram bot
O'yin yangiliklari

Thief: The Dark Project Remastered 3-dekabrda chiqadi

2026-11-03
Thief: The Dark Project Remastered 3-dekabrda chiqadi

Nightdive Studios va Eidos Montréal tomonidan tayyorlanayotgan Thief: The Dark Project Remastered o'yini 2026-yil 3-dekabrda barcha platformalarda chiqadi.

1998-yilgi mashhur stels-o'yinning yangilangan talqini — Thief: The Dark Project Remastered 2026-yil 3-dekabr kuni sotuvga chiqadi. Loyiha ustida Nightdive Studios hamda Eidos Montréal jamoalari ish olib bormoqda, noshir sifatida esa Atari qatnashmoqda. O'yin PC, PS4, PS5, Xbox Series X|S, shuningdek, Nintendo Switch va Switch 2 konsollarida taqdim etiladi.

Texnik o'zgarishlar va yangi imkoniyatlar

Remaster KEX dvijogi asosida yaratilmoqda. Mualliflar o'yinga bir qator texnik va geympley yangiliklarini kiritgan:

  • 4K tasvir aniqligi va soniyasiga 120 kadrgacha (120 FPS) ishlash imkoniyati;
  • yangilangan grafika, personaj modellari va animatsiyalar;
  • qurol hamda buyumlarni tanlash uchun yangi qulay menyu;
  • avval yakunlangan vazifalarni qayta o'ynash tizimi;
  • yutuqlar (achievements), kuboklar va foydalanuvchilar yaratgan kampaniyalarni qo'llab-quvvatlash.

Yangi nashr o'z ichiga original Thief: The Dark Project hamda Thief: Gold kengaytmasining barcha kontentini qamrab oladi. Shu sababli o'yinchilarni uchta qo'shimcha missiya va yangi turdagi dushmanlar kutmoqda.

Geympley va nashrlar narxi

Syujet markazida yana sirli Qo'riqchilar ordeni tomonidan tarbiyalangan mohir o'g'ri Garrett turadi. O'yin jarayoni avvalgidek yashirin harakatlanish, soyalardan unumli foydalanish va ochiq janglardan qochishga asoslangan. Hududlarni o'rganish hamda soqchilarni aylanib o'tishda yorug'lik va tovush muhim ahamiyat kasb etadi.

O'yin uchun oldindan buyurtmalar allaqachon ochilgan. Standart nashr 29,99 dollar, Digital Deluxe Edition esa 34,99 dollar etib belgilangan. Kengaytirilgan talqin xaridori o'yindan tashqari saundtrek, artbuk va o'yin asosida yozilgan roman parchasiga ham ega bo'ladi.

Yana o'qing

O'yin yangiliklari

Stranger Than Heaven o'yinida yordamchi buyumlar bo'ladi

RGG Studio tomonidan yaratilayotgan Stranger Than Heaven o'yinida janglarni sezilarli darajada osonlashtiradigan maxsus kiyim-buyumlar taqdim etiladi.

2026-11-03
O'yin yangiliklari

Borderlands seriyasi sotuvi 100 million nusxadan oshdi

Gearbox Entertainment studiyasi Borderlands seriyasining umumiy sotuvi 100 million nusxadan oshganini ma'lum qildi va kelajak rejalarini aytdi.

2026-11-03
O'yin yangiliklari

Sony PlayStation 5 uchun 6 ta yirik o'yin chiqarishi mumkin

Sony kompaniyasi 2027-yilda PlayStation 5 konsoli uchun ichki studiyalarining oltita yirik eksklyuziv o'yinini taqdim etishi mumkin.

2026-11-03
O'yin yangiliklari

Frostpunk 2 dekabrda so'nggi yirik DLC oladi

11 bit studios studiyasi Frostpunk 2 strategiyasi uchun The Surge nomli uchinchi va so'nggi yirik qo'shimcha 14-dekabr kuni chiqishini e'lon qildi.

2026-11-03