Franszada internet trafigi uchun soliq joriy etilishi mumkin

Fransiya parlamenti mamlakatdagi foydalanuvchilarga uzatiladigan har bir gigabayt ma'lumot uchun soliq joriy etishni ma'qulladi.
Fransiya Milliy assambleyasi 2027-yilgi budjet loyihasiga mamlakat hududidagi foydalanuvchilarga uzatiladigan har bir gigabayt raqamli ma'lumot uchun maxsus yig'im kiritishni nazarda tutuvchi tuzatishni ma'qulladi. Mazkur tashabbus parlamentda qizg'in bahslarga sabab bo'lib, minimal ustunlik bilan qabul qilindi: uning uchun 11 nafar deputat ovoz bergan bo'lsa, 10 nafari qarshi chiqdi.
Soliq kimlarga ta'sir qiladi va qanday hisoblanadi?
Yangi kiritilayotgan qoida iste'molchilarning hamyoniga bevosita urilmaydi, ya'ni oddiy foydalanuvchilar internetdan yuklab olingan har bir gigabayt uchun qo'shimcha haq to'lamaydi. Biroq bu moliyaviy majburiyat Netflix, Google, Amazon, Akamai kabi yirik kontent va raqamli xizmat ko'rsatuvchi provayderlar hamda o'yin platformalari zimmasiga tushadi.
Tuzatishga ko'ra, har bir uzatilgan gigabayt uchun 0,055 yevro miqdorida yig'im belgilash ko'zda tutilgan. Shu bilan birga, kompaniyalar uchun ma'lum cheklovlar taqdim etilgan. Unga ko'ra, talab qilinadigan yig'imning eng yuqori miqdori korxonaning Fransiyadagi tushumining 15 foizidan yoki global daromadining 2 foizidan oshmasligi lozim. Shu sababli umumiy trafik hajmini stavkaga shunchaki ko'paytirish orqali yirik platformalar to'lashi kerak bo'lgan real summani aniqlab bo'lmaydi.
O'yin sanoati va striming xizmatlari uchun xavflar
Masalan, hajmi 210-218 gigabaytni tashkil qilishi kutilayotgan GTA 6 kabi yirik loyihalarning uzatilishi distribyutor kompaniyaga taxminan 12 yevro miqdorida soliq majburiyatini keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, o'yinlarga mo'ljallangan yangilanishlar, qo'shimcha kontentlar va buzilgan fayllarni qayta yuklab olish jarayonlari ham mazkur qamrovga tushishi ehtimoldan xoli emas.
Striming xizmatlari uchun esa bu ko'rsatkichlar ancha yuqori bo'ladi. Xususan, Netflix platformasida 4K formatidagi bitta video soatiga qariyb 7 gigabayt trafik sarflaydi. Millionlab foydalanuvchilar va uzluksiz tomoshalar hisobga olinsa, uzatiladigan umumiy ma'lumotlar hajmi ulkan raqamlarni tashkil etadi.
Mutaxassislar ushbu tashabbusning asosiy kamchiligi sifatida yig'im ma'lumot hajmiga qarab olinishi, biroq uning real tijoriy qiymati inobatga olinmasligini ko'rsatmoqda. 100 gigabaytlik o'yinni sotish, uning bepul yangilanishini tarqatish yoki shikastlangan faylni qayta yuklash texnik jihatdan bir xil hajmni keltirib chiqarsa-da, ulardan keladigan daromad tubdan farq qiladi yoki umuman bo'lmasligi mumkin.
Garchi qonun loyihasi kompaniyalarni bu xarajatlarni majburiy ravishda foydalanuvchilarga yuklashga majburlamasa-da, tuzatish narxlarni oshirishni ham taqiqlamaydi. Hozircha mazkur tashabbus to'liq qonun tusini olgani yo'q va u tasdiqlash jarayonining qolgan bosqichlaridan o'tishi talab etiladi.
Yana o'qing

GeForce RTX 5070 Ti quvvat sarfi ikki baravarga kamaytirildi
Entuziast ekstremal undervolting yordamida GeForce RTX 5070 Ti videokartasining quvvat sarfini 300 vattdan 142,8 vattgacha tushirdi.

Intel Nova Lake protsessorlari o'yinlarda 33% tezroq
Kelgusi yilda chiqishi kutilayotgan Intel Nova Lake protsessorlari joriy avlodga qaraganda o'yinlarda 16-33% yuqori unumdorlik ko'rsatishi mumkin.

Asus Radeon HD 3850 Trinity: noyob uch GPU'li karta sotuvda
2008 yilda atigi 10 nusxada chiqarilgan uchta grafik protsessorga ega noyob Asus Radeon HD 3850 Trinity videokartasi savdoga qo'yildi.

AMD Radeon videokartalari narxi yana oshishi mumkin
Board Channels ma'lumotlariga ko'ra, AMD kompaniyasi videokartalar uchun GPU va xotira komplektlari narxini noyabr oyida yana oshirishni rejalashtirmoqda.