Intel Core Ultra 9 4995HX: 28 yadroli yangi protsessor

Intel kompaniyasi tayyorlayotgan yangi avlod Core Ultra 9 4995HX mobil protsessori 28 ta yadro va 144 MB kesh xotiraga ega bo'lishi ma'lum bo'ldi.
Intel kompaniyasi Nova Lake arxitekturasiga asoslangan Core Ultra 4000 turkumidagi yangi avlod mobil protsessorlarini ishlab chiqish jarayonini davom ettirmoqda. Ushbu mahsulotlar qatorining eng yuqori pog'onasidan joy oladigan Core Ultra 9 4995HX modeli 28 ta yadro bilan jihozlanishi aniqlandi. Ilk noutbuklar taqdimoti 2027 yilda o'tkaziladigan CES ko'rgazmasida bo'lib o'tishi kutilmoqda.
Flagman Core Ultra 9 4995HX xususiyatlari
Tarqalgan tafsilotlarga ko'ra, flagman chip 8 ta Coyote Cove unumdor, 16 ta Arctic Wolf energiya tejamkor va yana 4 ta past quvvatli LP-E yadrolarini o'z ichiga olgan 8+16+4 sxemasi bo'yicha yig'iladi. Ushbu konfiguratsiya eng talabchan o'yin noutbuklari hamda mobil ish stansiyalariga mo'ljallangan. Shuningdek, protsessor 144 MB hajmga ega ulkan kesh xotira va ikkita Xe3 grafik yadrosi bilan ta'minlanadi. Uning energiya iste'moli 55 vattdan boshlanib, ayrim sharoitlarda 160 vattgacha yetishi mumkin. Hisoblash kristallarini seriyali ishlab chiqarish uchun TSMC N2P texnologik jarayoni qo'llanilishi ko'zda tutilgan.
Yupqa noutbuklarga mo'ljallangan H seriyasi
Ayni paytda qalinligi yupqaroq bo'lgan noutbuklar uchun mo'ljallangan Core Ultra 9 4970H modeli ham tayyorlanmoqda. Bu protsessor jami 16 ta yadroga ega bo'lib, ulardan to'rtitasi unumdor, sakkiztasi energiya tejamkor va yana to'rtitasi past quvvatli yadrolardir. HX versiyasidan asosiy farqi grafikada namoyon bo'ladi, chunki bu chip o'n ikkita Xe3P grafik yadrosini o'z ichiga oladi. Uning bazaviy quvvat sarfi 28 vattni tashkil etib, maksimal ko'rsatkich 115 vattgacha ko'tarilishi mumkin.
- Core Ultra 9 4995HX: 28 yadro, 144 MB kesh va 2 ta Xe3 grafik yadrosi
- Core Ultra 9 4970H: 16 yadro va 12 ta Xe3P grafik yadrosi
- Nova Lake-HX quvvat sarfi: 55 Vt dan 160 Vt gacha
- Nova Lake-H quvvat sarfi: 28 Vt dan 115 Vt gacha
Yangi turkumning texnik jihatlari haqidagi ma'lumotlar taniqli insayder Jaykihn tomonidan oshkor qilindi. Ushbu manba avvalroq Arrow Lake-H mobil protsessorlarining to'liq spetsifikatsiyalarini, ish stoli platformalari uchun quvvat sarfi profillarini va Core Ultra 200S uchun 13 TOPS ko'rsatkichiga ega NPU unumdorligini oldindan va xatosiz taqdim etgani ma'lum.
Yana o'qing

Samsung va SK Hynix Xitoydagi zavodlarini yangilamoqda
Xitoyning YMTC kompaniyasi bosimi ostida Samsung va SK Hynix o'zlarining Xitoydagi zavodlarida NAND xotira ishlab chiqarish hajmini oshirmoqda.

Arzon GeForce RTX 3090 ichidan Radeon R9 chiqdi
Blighted Agent taxallusli texnologiya ishqibozi Facebook Marketplace'dan arzon narxda sotib olgan GeForce RTX 3090 ichidan Radeon R9 280 platasini topdi.

OnePlus SUPERVOOC 67W Pocket Charge taqdim etildi
OnePlus kompaniyasi 10 000 mA·ch sig‘imga va 67 Vt quvvatga ega yangi SUPERVOOC 67W Pocket Charge tashqi akkumulyatorini sotuvga chiqardi.

YouTube videolardagi baholash tugmasini yashirmoqda
YouTube platformasi oddiy videolardagi salbiy baholash belgisini uch nuqtali qo'shimcha menyu ostiga ko'chirish bo'yicha sinovlar o'tkazmoqda.